Media-savodli bo'ling!

RU KG KZ TJ UZ

Fond haqida

OAVni qo’llab quvvatlash markazi Jamg'armasi  – barcha ma’lumotlarga, ayniqsa internetdagi axborotlarga tanqidiy qarash muhimligini har bir inson tushunishini xohlagan notijoriy tashkilot. Har bir inson (shu rostmi?) savolini berishi, propagandani farqlay olishi va o’z shaxsiy fikriga ega bo’lishi, internet orqali o’z-o’zini rivojlantirishi  va o’qib o’rganishi, o’z vaqtini va manbalarini nazorat qila olishi va faqat kerakli bo’lgan narsalarga e’tiborni jalb qila olishiga erishish -  Jamg'armaning asosiy maqsadidir. 

17 yildan buyon “OAVni qo’llab quvvatlash markazi”  Jamg'armasi Qirg’izstonda va butun Markaziy Osiyo miqyosida media-savodxonligini rivojlantirish uchun faol ish olib bormoqda. Jamg'arma bir qator loyihalarni, jumladan, "MediaSabak: Qirg'iziston maktab tizimida ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligini rivojlantirish" loyihasini, Qirg'iziston Respublikasi Ta'lim va fan vazirligi va Qirg'iziston ta'lim akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Qirg’iziston Respublikasi Ta’lim va Fan Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan “Media savodxonligi bo’yicha o’qituvchilar uchun resurslar” kitobi ishlab chiqildi va Qirg’izistan Respublikasidagi barcha maktablarga tarqatildi. Shu bilan bir qatorda Jamg’arma tomonidan ko’p tilli (rus, qirg’iz, tojik va qozoq) www.mediasabak.org  ta’lim beruvchi portali ishga tushurildi. Portalda media savodxonligini rivojlantirish bo’yicha video darslar, amaliy mashqlar, testlar va adabiyotlar mavjud. Bu ta’lim beruvchi sayt muntazam ravishda kerakli kontenlar(mazmun) bilan boyitilib bormoqda. 

Jamg’arma Qirg’izstondagi faoliyatini 2002-yilda boshlagan va 2002-yilning oxirida Qirg'iziston Respublikasi Adliya vazirligida rasman ro’yxatdan o’tgan. Shundan buyon  “OAVni qo'llab-quvvatlash markazi” Jamg’armasi Qirg'izistonda so'z erkinligini rivojlantirishni, shuningdek, Qirg'iziston Respublikasi maktab tizimida ommaviy axborot savodxonligini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlab kelmoqda. 

Media savodxonligini rivojlantirish sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun Jamg'arma UNESCOning media va axborot savodxonligi bo'yicha xalqaro mukofotiga sazovor bo'lgan. Mukofot dunyoning 170 dan ortiq davogarlari orasidan to'rt davlatga loyiq deb topilgan va Global Media Savodxonligi Haftasida topshirilgan. Xalqaro mukofot qo'mitasi Global Media Axborot savodxonligi bo'yicha hamkorlik uyushmasi (GAPMIL) a'zolaridan tuzilgan. Ushbu assotsiatsiyada 110 dan ortiq mamlakatdan 500 dan ortiq a'zo tashkilotlar mavjud.

Jamg'armaning bosh vazifasi

Biz Qirg'izistonda so'z erkinligi va Qirg'iziston maktab tizimida media savodxonligini rivojlantirishga ko'maklashamiz.

Jamg'armaning maqsadi

Biz notijorat tashkilotmiz, ya'ni bizning maqsadimiz foydali ta'lim loyihalarini ishlab chiqishdir.